
2-miya: Obsidian'da LLM Wiki qurish
Obsidian'da 2-miya (ikkinchi miya) qurish: LLM Wiki, tayyor MD fayl va ChatGPT Codex bilan manbali bilim bazasi yaratish.
Ziyodulla Abdullayev
Ziyodulla Abdullayev
Claude Code’dagi vazifani boshlab, noutbukni yopishingiz mumkin. Cloud Sessions kodni GitHub repongizdan bulutdagi muhitga olib, ishni o‘sha yerda davom ettiradi. Natijani keyin telefoningizdan ham ko‘rasiz. Claude Code hujjatlari
Anthropic 23-sentabrda bu funksiyani ommaga chiqardi. Mavjud Pro obunachilari $100, Max obunachilari $250 bir martalik Cloud Sessions krediti olishi mumkin. Kreditni Toshkent vaqti bilan 8-oktabr soat 11:59 gacha olib qo‘ying (AQShda bu 7-oktabr kunining oxiri). Bu kreditni faqat cloud sessiyalarda ishlatish mumkin. Anthropic e’loni
Kreditni olish uchun Claude’dagi Usage bo‘limiga kiring. Pro obunachisi bo‘lsangiz, “Claim $100 credit” tugmasini bosing. Keyin claude.ai/code orqali GitHub repongizni ulang va cloud sessiyani boshlang.
